Sud faqat Tramp foydasiga ishlamoqda – “Reuters”
Olam
−
13 fevral 870 2 daqiqa
AQSH yetakchisi Donald Tramp 2024 yil noyabr oyida qayta saylanganidan so‘ng, uning advokatlari Delaver shtatidagi sudga murojaat qilib, Prezident uchun fuqarolik ishlari to‘xtatilishini talab qilgan. Shunga qaramay, Trampning so‘ngi hatti-harakatlari da’vo qilish huquqida muvozanat buzilganini ko‘rsatmoqda. Bu haqda “Reuters” yozdi.
Manbaga ko‘ra, Tramp o‘z immunitetini chetlab o‘tgan holda Iova shtatidagi “Des Moines Register” gazetasi va boshqa bir nechta tashkilotlarga qarshi ba’zi da’volarni kiritgani jiddiy munozaraga sabab bo‘lgan. Ishlar asosan tuhmat va noqonuniy harakatlar iddaolariga qaratilgan bo‘lib, kitob nashriyoti hamda yirik media kompaniyalarini o‘z ichiga oladi.
Ba’zi advokatlar uning bu pozitsiyasini o‘ziga qarshi ishlatmoqchi. Ularning fikricha, agar Prezident o‘ziga qarshi ochilgan sud ishlarida javob berishga “vaqtim yo‘q” desa, boshqalarga qarshi ariza berish huquqiga ega bo‘lmasligi kerak. Iova sudyasi va Florida apellyatsiya sudi bu so‘rovlarni rad etgan, ammo Trampning o‘zi arizani bekor qilish huquqiga ega ekanini ma’lum qilgan. Ekspertlar esa uni “doimiy da’vochi” deb atab, “Prezident” lavozimi raqiblariga qarshi kuchli vosita sifatida ishlashiga imkon berayotganini urg‘ulagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Grenlandiyani egallab olish borasidagi keskin bayonotlaridan keyin jiddiy bosim ostida qolgani haqida xabar berilgandi.
Musulmon Sodiq
Live
Barchasi