Suhrob Xo‘jayev Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi
Sport
−
18:30 1264 1 daqiqa
Bugun, 25 sentyabr kuni Yaponiyaning Aychi-Nagoya shaharlarida o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining 6-kuni doirasidagi bahslar davom etmoqda. Kun doirasidagi sport gimnastikasi bahslarida O‘zbekiston delegatsiyasi musobaqadagi 7-oltin medalga ega chiqdi.
Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Suhrob Xo‘jayev uchinchi bor ishtirok etayotgan Osiyo o‘yinlarida chempionlikka erishdi.
Bolg‘a uloqtirish bahslarida ishtirok etgan Xo‘jayev 74,38 metr natija qayd etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shu tariqa, Suhrob Xo‘jayev O‘zbekiston delegatsiyasiga bugungi, 25 sentyabr kungi dasturlardagi ilk oltin-medalni olib keldi.
Hozirga kelib O‘zbekiston delegatsiyasining Osiyo o‘yinlaridagi jami medallar soni 31 taga (7 ta oltin, 15 ta kumush va 9 ta bronza) yetdi. Ayni damda O‘zbekiston umumjamoa hisobida 5-o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Osiyo o‘yinlarida oltin medal olgan o‘zbekistonlik sportchilarga 25 000 AQSH dollari miqdorda pul mukofoti berilishi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi