Studiyadagi dahshatli yong‘in qurbonlari soni 36 nafarga yetdi

Olam 6301
image

Yaponiyaning Kioto shahridagi Kyoto Animation anime studiyasidagi yong‘in qurbonlari soni 36 nafarga yetdi. Bu haqda “Kiodo” xabar berdi.

Yong‘inda jabrlangan 2,5 yoshli qizaloq vafot etdi. Uning o‘limiga katta maydondagi yong‘in vaqtida yuzaga kelgan septik shok holati sabab bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 iyul kuni Sindzi Ooba ismli erkak uch qavatli anime studiya binosiga kirib, “o‘llaring”, deb baqirgancha, atrofga yonuvchan suyuqlik sepib, o‘t qo‘yib yuborgandi.

Yong‘in o‘sha zahoti butun binoga tarqalib, 700 kvadrat metrli imorat deyarli to‘lig‘icha yonib ketgandi. Politsiya erkakni qo‘lga olganida, studiya uning novellasini o‘g‘irlaganini aytishga ulgurgan. Uning o‘zi ham og‘ir kuyish jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 171
Reyting: 2.9
t
×