“Stranja-2022”. Bugun yana to‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi

Sport

image

Bolgariyada boks bo‘yicha “Stranja” turniri davom etmoqda. Bugungi bahslarda to‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga chiqadi. Xususan, Odiljon Aslonov, Abdumalik Xalakov, Madiyor Saidrahimov va Rayhona Qodirova keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun kurash olib borishadi.

Eslatib o‘tamiz, kechagi dasturlarda besh nafar o‘zbekistonlik bokschi jang o‘tkazishi kerak edi. Biroq raqib ma’lum sabablarga ko‘ra ringga ko‘tarilmagani sabab, Hasanboy Do‘smatov avtomatik tarzda keyingi bosqichga chiqdi. Qolgan to‘rtala sportchi ham ringda raqiblaridan ustun kelib, keyingi bosqich yo‘llanmasiga ega chiqishdi.

 

 

 

Shaxboz Qahhorov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

30

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing