“Stranja-2022”. Bugun 5 nafar o‘zbekistonlik bokschi chempionlik uchun ringga ko‘tariladi

Sport

image

Bolgariyada boks bo‘yicha “Stranja” turniri davom etmoqda. Bugun dastlabki 10 ta vazn toifasida finallar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda quyidagi 5 nafar o‘zbekistonlik bokschi chempionlik uchun jang o‘tkazadi: 

-51 kg: Hasanboy Do‘smatov - Dmir Abdikadir (Qozog‘iston) 17:00dan boshlab;

-57 kg: Abdumalik Xalakov - Xaver Dias (Bolgariya) 17:10 dan so‘ng;

-63,5 kg: Mujibillo Tursunov - Yaroslav Xarsiz (Ukraina) 17:30 dan so‘ng;

-80 kg: Odiljon Aslonov - Kristian Nikolov (Bolgariya) 21:10 dan so‘ng;

-92 kg: Madiyor Saidrahimov - Radoslav Pantaleyev (Bolgariya) 21:25 dan so‘ng;

Ma’lo‘mot uchun, umumiy hisobda O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta vaznda final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan. +92 kg vazn toifasida Lazizbek Mullojonov ertangi dasturda oltin medal uchun jang o‘tkazadi.

 

Shaxboz Qahhorov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

278

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing