Stoltenberg kutilmaganda Kiyevga bordi
Olam
−
29 aprel
4470NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg e’lon qilinmagan tashrif bilan Kiyevga bordi. Bu haqda alyans matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Stoltenberg Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan qo‘shma matbuot anjumani o‘tkazgan. Bosh kotib Kiyevga bundan ham ko‘proq yordam berishga va’da bergan, biroq 9-11 iyul kunlari alyansning Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan sammitida Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi masalasi hal etilishiga ishonch bildirmagan.
“Ukraina g‘alaba qozonishi uchun hali ham kech emas. Buning uchun NATO ittifoqchilari bergan va’dalarini amalda bajarishi va o‘z vaqtida qurol-yarog‘ yetkazib berishi muhim”, degan Stoltenberg.
Bundan tashqari, u Ukrainaning alyansga a’zo bo‘lishini "ortga qaytib bo‘lmas qaror" deb atagan.
Ma’lumot uchun, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 2022 yil sentyabrida mamlakatning alyansga a’zo bo‘lishi uchun ariza topshirgan edi. 2023 yil iyul oyida NATO sammitidan so‘ng G7 davlatlari Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzolagan. Shuningdek, Ukraina-NATO Kengashi tashkil etilishini e’lon qildi.
LiveBarchasi