Stoltenberg ilk bor Saudiyaga bordi

Olam

image

Joriy yilning 12-13 dekabr kunlari Shimoliy Atlantika alyansi Bosh kotibi Yens Stoltenberg Saudiya Arabistoni Podshohligida bo‘ladi. Bu haqda u o‘zining X’dagi sahifasida e’lon qildi.

Stoltenbergning yozishicha, bu uning Saudiya Arabistoniga birinchi tashrifidir. Mamlakatga safari davomida NATO Bosh kotibi podshohlik Mudofaa vaziri Xolid bin Salmon Ol Saud va boshqa yuqori martabali amaldorlar bilan uchrashishni rejalashtirgan.

Stoltenberg Saudiya Arabistoni Milliy Mudofaa Universitetida o‘tkaziladigan moderatorlik muhokamasida ham ishtirok etadi.

Bundan tashqari, u Ar-Riyodga safari chog‘ida Fors ko‘rfazi hamkorlik kengashi Bosh kotibi Qosim Muhammad al-Budaviy bilan uchrashgan.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Saudiya Arabistoni Yens Stoltenberg

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing