Stiv Jobsning qo‘lda to‘ldirilgan rezyumesi auksionda sotildi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Apple kompaniyasi asoschisi Stiv Jobsning rezyumesi Charterfields kompaniyasi auksionida 162 000 funt sterlingga (221 842 dollar) sotildi. Bu haqda "Benzinga" xabar bergan.  

Ta’kidlanishicha, bir varaqli so‘rovnoma marhum milliarder tomonidan 1973 yilda qo‘l bilan to‘ldirilgan. 

Bir yil o‘tgach, Jobs Atari kompaniyasiga texnik sifatida ishga joylashgan. U kompaniyada Stiv Voznyak bilan birga ishlagan. Jobs va Voznyak 1976 yilda Apple'ga asos solgan. 

Jobs auksionda sotilgan rezyumesida "kompyuterlar va kalkulyatorlar" bilan ishlash borasida tajribaga, shuningdek elektron texnologiyalar va raqamli dizayn bo‘yicha maxsus mahoratga ega ekanligini ta’kidlagan. 

Auksion joriy yilning 24 fevralidan 24 martigacha bo‘lib o‘tgan. Rezyume 2018 yilda ham kimoshdi savdosiga qo‘yilgan bo‘lib, o‘shanda u 175 ming dollarga sotilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Stiv Jobs 2011 yilning 5 oktyabrida vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Stiv Jobs rezyume

Baholaganlar

124

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing