Sterling Senegal bilan to‘qnashuvda nima sababdan termani tark etgani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Rahim Sterling kecha, 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Senegal terma jamoasi bilan o‘yinda nima uchun terma jamoa safini tark etgani ma’um bo‘ldi. Bunga sabab uning Londondagi uyida o‘g‘rilik sodir bo‘lgan. Bu haqda "Daily Telegraph" nashri xabar berdi.

Nashr xabariga ko‘ra, Sterling o‘z yaqinlarining xavfsizligiga ishonch hosil qilish uchun Buyuk Britaniyaga uchgan. U shaxsiy ishlarini hal qilib, hammasi joyida ekanligiga amin bo‘lishi bilanoq yana Qatarga qaytishini va chorak finalda Fransiya termasiga qarshi o‘yinda ishtirok etishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, britaniyaliklar Rahim Sterling yordamisiz Senegal terma jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Jordan Xenderson, Harri Keyn va Bukayo Sakalar gol muallifiga aylandi.

Mushtariy G‘aniyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

63

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing