Staji 2 yildan kam bo‘lgan haydovchilar avtomobilga maxsus belgi yopishtirishi kerak bo‘ladi

Jamiyat

image

Endilikda tajribasi kam bo‘lgan haydovchilar mashinasiga maxsus belgi o‘rnatishi shart. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalarida keltirilgan.

Unga ko‘ra, “Haydovchilikni endi boshlagan” – “Haydovchilik malakasi yetarli bo‘lmagan” haydovchilik staji 2 yildan kam bo‘lgan haydovchilar boshqarayotgan mexanik transport vositalarida “❗” belgisining tasviri tushirilgan, sariq rangli, tomonlari 150 millimetr bo‘lgan kvadrat ko‘rinishidagi belgi bo‘lishi shart.

Shuningdek, mashina oynasiga bundan boshqa yozuvlarni yozish taqiqlanadi. Reklama maqsadidagi bannerlar bundan mustasno.

Ma’lumot uchun, yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalari 2022 yil 1 maydan boshlab amalga kiritiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

425

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing