Statqo‘m bozorlardagi narx-navoni e’lon qildi

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi dehqon bozorlarida kartoshka 1500 – 5000 so‘mdan, o‘simlik yog‘i esa 14000 – 24000 so‘mdan sotilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv o‘tkazib, ma’lum qildi.

Qo‘mita kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e’lon qildi.

Joriy yil 18 avgust holatiga ko‘ra:

Suyakli mol go‘shti (1 kg) - 45000 – 68000 so‘m
Qo‘y go‘shti (1 kg) - 52000 – 80000 so‘m
Kartoshka (1 kg) - 1500 – 5000 so‘m
Piyoz (1 kg) - 800 – 3000 so‘m
Sabzi (1 kg) - 3000 – 10000 so‘m
Tuxum (10 dona) - 5000 – 14000 so‘m
Guruch (1 kg) - 5000 – 18000 so‘m
O‘simlik yog‘i (1 l) - 14000 – 24000 so‘m
Shakar (1 kg) - 7500 – 9000 so‘m

Xabarga ko‘ra, narxlar kuzatuv amalga oshirilayotgan vaqtda qayd etiladi. Ma’lumotlarni to‘plash vaqti, sanasi hamda joyi o‘zgarishiga qarab ham, narxlarning tebranish holatini ko‘rish mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yil 4 avgustda kuzatilgan narxlar bilan hozirgi narxlar o‘rtasida deyarli farq yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

88

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing