Pishiqchilik mavsumida bozorlardagi narx-navo qanday?

Olam

image

O‘zbekistondagi dehqon bozorlarida sabzi 3000 – 10000 so‘mdan, o‘simlik yog‘i esa 14000 – 24000 so‘mdan sotilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv o‘tkazib, ma’lum qildi.

Qo‘mita kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e’lon qildi.

Joriy yil 4 avgust holatiga ko‘ra:

Suyakli mol go‘shti (1 kg) - 45000 – 68000 so‘m
Qo‘y go‘shti (1 kg) - 52000 – 80000 so‘m
Kartoshka (1 kg) - 1500 – 5000 so‘m
Piyoz (1 kg) - 800 – 3000 so‘m
Sabzi (1 kg) - 3000 – 10000 so‘m
Tuxum (10 dona) - 5000 – 14000 so‘m
Guruch (1 kg) - 5000 – 18000 so‘m
O‘simlik yog‘i (1 l) - 14000 – 24000 so‘m
Shakar (1 kg) - 7500 – 9000 so‘m

Xabarga ko‘ra, narxlar kuzatuv amalga oshirilayotgan vaqtda qayd etiladi. Ma’lumotlarni to‘plash vaqti, sanasi hamda joyi o‘zgarishiga qarab ham, narxlarning tebranish holatini ko‘rish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

87

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing