SSVga vaksinatsiya tadbirlarini yaxshilash uchun 223 ta avtomobil topshirildi
Jamiyat
−
23 fevral 2021
3993So‘nggi vaqtda jahonda koronavirus infeksiyasining yangi shtammi tarqalishi munosabati bilan aholini emlash bo‘yicha chora-tadbirlar sezilarli darajada jadallashdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi BMTning Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) bilan O‘zbekistonda Milliy immunizatsiya dasturini amalga oshirish borasida doimiy hamkorlik aloqalarini mustahkamlab bormoqda.
O‘zbekiston COVID-19 ga qarshi emlashni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani sababli, bugun, 23 fevral kuni UNICEF Toshkentdagi “Milliy” stadionida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati uchun 17 ta muzlatkichli yuk mashinasi va 206 ta Miniven-Labo avtomobilini topshirdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.
Shu munosabat bilan o‘tgan tantanali marosimda Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev, Sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboyevv, UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade va boshqa mas’ullar ishtirok etgan.
Ma’lum qilinishicha, taqdim etilgan transport vositalarining umumiy qiymati 2 million AQSH dollarini tashkil etadi. Ushbu mablag‘ Vaksinalar va immunizatsiya bo‘yicha global alyansi (GAVI) tomonidan sog‘liqni saqlash tizimini mukamallashtirish doirasida ajratilgan.
LiveBarchasi