SSV Zangiotadagi ahvol haqida ma’lumot berdi

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi barcha tibbiyot muassasalari, xususan, ulardagi reanimatsiya bo‘limlari, tug‘uruq komplekslari va koronavirusga ixtisoslashgan shifoxonalarda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda elektr ta’minotida uzilishlarning oldini olishga qaratilgan zarur choralar ko‘rilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xaber berdi. 

Qayd etilishicha, Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalarida ham elektr uzluksizligini ta’minlash maqsadida dizel generatorlari ishlab turibdi. Bunda shifoxonada davolanayotgan og‘ir va o‘ta og‘ir ahvoldagi bemorlarga ulangan tibbiy jihozlarning faoliyati davomiyligini ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilangan.
 

Ayni paytda Sog‘liqni saqlash vaziri boshchiligidagi mas’ullar ushbu muassasalarda bo‘lib, vaziyatni nazoratga olgan.

“Elektr energiyasi ta’minotida yuzaga kelgan nosozliklar sababini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha tuzilgan Hukumat komissiyasi sa’y-harakati bilan Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalari bosqichma-bosqich elektr energiyasi bilan to‘liq ta’minlanmoqda.

Shuningdek, respublikamizdagi qolgan barcha tibbiyot muassasalarida ham dizel elektr manbai o‘rnatilgan bo‘lib, har bir shifoxonada elektr ta’minoti uchun 24 soat navbatchilik tashkil etilgan. Ulardagi vaziyat vazirlik markaziy shtabi tomonidan tunu kun muvofiqlashtirib turilibdi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

465

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing