SSV tarkibidagi klinikada qariyb 10 mlrd so‘mlik moliyaviy kamchiliklar aniqlandi
3-sahifa
−
11 noyabr 2021
4392Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasida jami 9 milliard 747 million 598 ming so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, aniqlangan moliyaviy xato va kamchiliklardan 586 milliard 798 million 200 ming so‘mlik byudjet mablag‘lari rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilingan.
Xabarga ko‘ra, klinika mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan byudjet mablag‘larining maqsadsiz sarf qilinishi, o‘zlashtirish va talon-toroj qilish holatlari, aslida ishlamagan xodimlar uchun oylik ish haqlari to‘lab kelinishi, tibbiyot texnikalaridan foydalanish, pullik tibbiy xizmat ko‘rsatishdan tushgan mablag‘larning maqsadsiz sarflanishi, davlat xaridlarini amalga oshirishda bir qator qonunbuzilishi holatlari aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasi mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Shuningdek, xabarda hozirda mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilingan.
LiveBarchasi