SSV kecha koronavirusga chalinganlar haqida ma’lumot berdi

Jamiyat

image

2021 yil 22 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 149876 nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi sutkada 818 kishida koronavirus aniqlangan.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 74 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 39 nafari Andijon viloyatida,
  • 25 nafari Buxoro viloyatida,
  • 46 nafari Jizzax viloyatida,
  • 19 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 16 nafari Navoiy viloyatida,
  • 33 nafari Namangan viloyatida,
  • 86 nafari Samarqand viloyatida,
  • 21 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 74 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 71 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 22 nafari Xorazm viloyatida,
  • 94 nafari Toshkent viloyatida,
  • 198 nafari Toshkent shahrida fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 98 nafar
  • Buxoro viloyatida 63 nafar,
  • Jizzax viloyatida 63 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 21 nafar,
  • Navoiy viloyatida 13 nafar,
  • Namangan viloyatida 60 nafar,
  • Samarqand viloyatida 148 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 100 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 83 nafar,
  • Toshkent viloyatida 109 nafar,
  • Toshkent shahrida 129 nafar bemor sog‘aygan.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 142632 (+887) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda. 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1028 nafarni tashkil qildi.

Shuningdek, 22 avgust kuni 349 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 21113 nafarga yetdi. Kecha ularning 332 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 13710 nafarni tashkil qilmoqda. 4 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 145 nafarga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

263

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing