SSV “Dok-1 MAKS” dorisini sotib olmaslik bo‘yicha SMS-xabarnoma jo‘natmoqda
Jamiyat
−
29 dekabr 2022
4902O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarga “Dok-1 MAKS” dori vositalarini sotib olmaslik bo‘yicha SMS-xabarnoma yuborishni boshladi.
“Dok-1 MAKS” preparatini sotib olmang. Farzandlaringiz salomatligini asrang”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining joriy yilning 22 dekabrdagi buyrug‘i bilan “Dok-1 Maks” dori vositalarini dorixonalardan qaytarib olish belgilangan edi.
Shuningdek, Samarqandda “Dok-1 Maks” siropini iste’mol qilish oqibatida 18 nafar bolaning vafot etishi ortidan 7 nafar mas’ul xodim lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi.
Shundan so‘ng Davlat xavfsizlik xizmatining Tergov boshqarmasi tomonidan “Quramax medikal” MCHJ hamda “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar DXX Tergov hibsxonasiga joylashtirilgandi.
LiveBarchasi