SSV Haj va Umra safaridagilarga koronavirus yuqtirmaslik bo‘yicha tavsiyalar berdi

Salomatlik

image
AQSH elchixonasi koronavirus sabab  viza berishni to‘xtatib qo‘ydi north_east

AQSH elchixonasi koronavirus sabab viza berishni to‘xtatib qo‘ydi

Andijon voqealarida tinch aholiga o‘q uzilganmi? – Svetlana Ortiqova bilan suhbat north_east

Andijon voqealarida tinch aholiga o‘q uzilganmi? – Svetlana Ortiqova bilan suhbat

Ma’lumki, 2019 yilning dekabr oyida aniqlanib, joriy yil boshidan tarqala boshlagan koronavirus ayni vaqtga kelib butun dunyoga xavf solmoqda. Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 27 davlatda aniqlandi. Bu ro‘yxatda rasman O‘zbekiston yo‘q. Shunga qaramay, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi respublika aholisiga, jumladan xorijiy mamlakatlarga safarga otlanayotgan, Umra va Haj ziyoratiga ketayotganlarga koronavirusga oid murojaat bilan chiqdi. Unda quyidagi eslatmalar mavjud: 

Yangi koronavirus Xitoyda 2019 yil dekabrda aniqlanib, shu paytdan boshlab dunyo mamlakatlari bo‘ylab tarqalmoqda. Koronaviruslar nafas olish hujayralarini shikastlaydi.

Inkubatsion davri 2 kundan 14 kungacha davom etadi.

Hozirgi kunda virus tarqalishi asosan odamdan odamga, ko‘pincha yaqin aloqa oqibatida o‘tishi evaziga yuz bermoqda.

Koronavirus alomatlari

Isitma, yo‘tal, holsizlik va nafas qisishi.

Xavf guruhiga kimlar kiradi?

Yangi koronavirusni barcha yoshdagi odamlar yuqtirishi mumkin. Yoshi katta, surunkali kasallikka yo‘liqqan, immuniteti zaiflashgan odamlar kasallikni boshdan kechirishi qiyinroq kechishi mumkin.

Koronavirusga qarshi vaksina bormi?

Hozirgi kunda infeksiyaning oldini olish uchun vaksina, shuningdek, 2019-nCoV virusga qarshi maxsus davolash mavjud emas. Klinikalar tomonidan testdan o‘tkazilib, o‘ziga xos davolash usullari bugun o‘rganilmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va dunyo davlatlarining mutaxassislari bilan birgalikda virusga qarshi yangi vaksina va davolash metodlarini yaratish ustida faol ishlashmoqda.

Yuqtirib olish xavfini qanday kamaytirish mumkin?

Qo‘llarni tez-tez va yaxshilab sovun bilan oqar suvda yuvish, spirtli dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalanish, ovqat qilish davomida hamda undan oldin va keyin, shuningdek, ovqatlanishdan oldin, hojatxonadan yoki hayvon bilan aloqadan keyin qo‘llarni yuvish.

Yuzingizni qo‘lingiz bilan ko‘p ushlamang.

Imkon qadar teatr, kinoteatr, aeroport, vokzal bozor va katta do‘konlar kabi ko‘p odam yig‘iladigan joylarga borishni kamaytiring. Bozorga borganda hayvonlar bilan bevosita aloqa qilishdan chekining.

Yo‘talganda, burun qoqqanda va aksirganda og‘iz bilan burunga bukilgan tirsak, yeng yoki salfetkani tuting. Undan keyin salfetkani darhol axlatga tashlang va qo‘lingizni yuvishni unutmang.

Shamollash yoki gripp alomatlariga ega odamlar bilan yaqin aloqa qilishdan chekining. Yaqin aloqa deganda bemor bilan ikki metr doirasida, u bilan bir xonada yoki uzoq vaqt mobaynida kasal yuqtirgan bemorga qarash zonasida individual himoya vositalarisiz (xalat, qo‘lqop, niqob) bo‘lish tushuniladi. Shuningdek, yaqin aloqa bemor bo‘lgan xonaga qatnash, kasal yuqtirgan odamdan ajralib chiqqan suyuqlik, masalan, balg‘am, bilan aloqani o‘z ichiga oladi.

Kasallikning ilk alomatlari kuzatilganda, uyda qoling va darhol shifokorga murojaat qiling.

Oziq-ovqat xavfsizligi uchun zarur chora-tadbirlar

•    Xom go‘sht va pishirilgan mahsulotlar uchun alohida pichoq va chopish taxtalarini ishlating;
•    Pishirilgan mahsulotlar bilan muomala qilishdan oldin xom mahsulotlarni, ayniqsa, go‘sht va sut mahsulotlarini ushlagandan keyin qo‘llarni astoydil yuving;
•    Go‘sht mahsulotlarini ovqatga ishlatish sharti shuki, ular yaxshilab qaynatilgan yoki qovurilgan, ya’ni puxta pishirilgan bo‘lishi kerak;
•    Kasal hayvon yoki kasallik oqibatida o‘lgan hayvon go‘shtini aslo ovqatga ishlatmang;
•    Kelib chiqishi hayvonlarga mansub mahsulotlarning xom yoki chala qaynatilganlarini iste’mol qilishdan chekining. Kesishma zararlanishga yo‘l qo‘ymaslik uchun xom go‘sht, sut bilan ehtiyotkor muomala qilish lozim. Sutni yaxshilab qaynating.

Infeksiyadan himoya vositasi sifatida og‘iz va burun uchun mo‘ljallangan tibbiy niqobni taqib yurish shartmi?

Ha. Sizda respirator infeksiya alomatlari kuzatilsa – yo‘tal, nafas olishda qiynalish.

Ha. Respirator infeksiya alomatlariga ega bemorga qarayotgan bo‘lsangiz.

Ha. Sog‘liqni saqlash tizimi xodimi bo‘lib, respirator infeksiya alomatlariga ega bemorlarni borib ko‘rsangiz.

Yo‘q. Respirator infeksiya alomatlariga ega bo‘lmagan barcha holatlarda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Haj Umra SSV koronavirus

Baholaganlar

60

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing