SSSR xalq artisti Armen Jigarxanyan vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

SSSR xalq artisti, armanistonlik mashhur aktyor va rejissyor Armen Jigarxanyan bugun, 14 noyabr kuni 85 yoshida vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bergan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Jigarxanyanning dafn marosimi 17 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Qayd etilishicha aktyor 2018 yildan buyon 5 marta shifoxonaga tushgan.

Ma’lumot o‘rnida, Armen Jigarxanyan 1935 yil 3 oktyabrda Yerevanda tug‘ilgan. Aktyorlik faoliyatini 1960 yilda boshlagan. 

Umri davomida Rossiyada yashagan Jigarxanyan "Salom, men sizning xolangizman", "Ali Bobo va qirq qaroqchi", "Uchrashuv joyini o‘zgartirib bo‘lmaydi"," Tehron-43" kabi 200 dan ortiq filmlarda rol ijro etgan. 

Aktyor 1985 yilda SSSR xalq artisti mukofotiga munosib topilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jigarxanyan

Baholaganlar

423

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar