SSB Toshkentda o‘lik tug‘ilgan bola bo‘yicha rasmiy munosabat berdi
Jamiyat
−
18:45
4264Avvalroq, Toshkentdagi “roddom”da shifokorlar yordam bermagani uchun chaqaloq o‘lik tug‘ilgani xabar qilingandi. Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi ushbu holatni o‘rganib, rasmiy munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, bu vaziyatda shifokorlarning aybi yo‘q. Ular muntazam ravishda bemordan xabar olib turgan.
“Toshkent shahar 7-son tug‘uruq kompleksiga 2024 yil 20 noyabr kuni soat 23:30 da ayol S.R. “homiladorlik 1, 37 xafta 3 kun, qog‘onoq suvlarini muddatidan oldin ketishi, kamqonlik 1-daraja” tashxisi bilan navbatchi shifokor tomonidan tug‘uruq bo‘limiga qabul qilingan. 21 noyabr kuni davolash ishlari bo‘yicha bosh shifokor muovini, bo‘lim mudiri va ordinatorlar ishtirokida konsilium va homila ultratovush tekshiruvidan o‘tkazilgan (UTT). “Homiladorlik 1, 37 hafta 3 kun, qog‘onoq suvlarini muddatidan oldin ketishi, kamqonlik 1-daraja” tashxisi quyilgan, tug‘uruq faoliyat bo‘lmaganligi sababli standart asosida 18 soat kutish dardi boshlanmasa, septik asoratlarni oldini olish maqsadida antibiotik boshlash va 24 soat ichida tug‘uruq yo‘llarini ko‘rib baholab, tug‘uruqni qo‘zg‘atish rejalashtirilgan”, demoqda boshqarma.
Munosabatga ko‘ra, soat 17:00 atrofida suvsizlik davri 18 soat bo‘lganligi sababli homiladorga “Seftriakson” preparati sinov qilingan, ammo sinov musbat natija berganligi sababli antibiotik bekor qilingan.
“Shu kuni navbatchi shifokor tomonidan soat 23:00 da suvsizlik davri 24 soat bo‘lganligi inobatga olinib, tug‘uruqni qo‘zg‘atish maqsadida tug‘uruq yo‘llari ko‘rildi. Tug‘uruq yo‘llari tayyor bo‘lmagani sababli standart va protokolga asosan Glandin Ye2 preparati bilan tug‘uruqni qo‘zg‘atish rejalashtirildi va soat 23:30 da glandin Ye2 preparati qin ichiga qo‘yilgan va bolaning yurak urishi kuzatib borilgan. 22 noyabr kuni esa qaytadan UTT doppler tekshiruvidan o‘tkazilgan va soat 08:00 “Homiladorlik 1, 37 hafta 5 kun, qog‘onoq suvlarini muddatidan oldin ketishi, kamqonlik 1-daraja, tug‘uruqning 1-davri” tashxisi qo‘yilgan va tug‘uruqni konservativ tabiiy yo‘llari orqali olib borish rejalashtirilgan”, degan bosh boshqarma.
Soat 12:00 ga kelib, ayolda tug‘uruq dardlari sustlashgan. Bachadon bo‘yni ochilishi o‘zgarishsiz qolganligi sababli bemorning roziligi bilan osma ukol ulangan va 15 daqiqadan so‘ng homiladorning dardi muntazamlashib, ayolning ham, homilaning ham ahvoli qoniqarli bo‘lgan. Ammo soat 13:50 da navbatdagi ko‘rikda bolaning yuragi urmayotgani aniq bo‘lgan va zudlik bilan ultratovush tekshiruvi o‘tkazilgan. Shifokorlarning harakatiga qaramay, shu kuni soat 15:15 da bola o‘lik tug‘ilgan.
“Bu holat yuzasidan 102 ga xabar berilgan va bola 23 noyabr kuni patalogoanatomik tekshiruvga yuborilgan”, deyilgan xabarda.
LiveBarchasi