Sport olami Ukrainaga hujum qilgan Rossiyani yakkalab qo‘yyapti
Sport
−
25 fevral 2022
10869Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi sport olamini harakatga keltirdi. Boshqa sohalarda bo‘lgani singari sportda ham Rossiyaga nisbatan sanksiyalar qo‘llash avj oldi. Demak, sport olamining Rossiya harbiy operatsiyasiga munosabatlarini ko‘rib chiqamiz.
“Barselona” basketbol klubi Yevroliga doirasida “Zenit”ga qarshi o‘yin uchun Sankt-Peterburgga uchmaslikka qaror qildi.
Shvetsiyaning “Hammarbi” futbol klubi futbolchi Villiot Svedbergni Moskvaning “Lokomotiv” klubiga sotishdan bosh tortdi.
Germaniyaning “Shalke” futbol klubi o‘zining asosiy homiysi “Gazprom” kompaniyasining logotipini o‘z libosidan olib tashladi.
Rossiya futbol klublari Yevropa musobaqalaridan chetlashtirilishi mumkin. Bu haqda “Associated Press” nashri xabar bermoqda.
Formula 1 poygachisi Fettel Rossiya Gran-prisidan voz kechdi.
Regbi bo‘yicha Yevropa chempionatining Gruziya va Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvi qoldirildi.
Shveysariya va Finlyandiya Rossiyada bo‘lib o‘tadigan bandi bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etishdan bosh tortdi.
Rossiya basketbol federatsiyasi (RBF) mamlakatda o‘smirlar o‘rtasidagi musobaqalarning barcha bosqichlarini to‘xtatishga qaror qildi.
Eslatib o‘tamiz, kecha Yevropa futbol ittifoqi (UEFA) Ukrainaga qarshi harbiy tajovuz tufayli Rossiyani Chempionlar ligasi finalini o‘tkazish huquqidan mahrum qilgani va Sankt-Peterburg o‘rnini bosa oladigan arenalar ro‘yxatini tuzib chiqqani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Shaxboz Qahhorov
LiveBarchasi