1 iyundan benzin, spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari narxi oshishi kutilmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekistonda joriy yilning 1 iyunidan spirtli ichimliklar, tamaki va neft mahsulotlari narxi oshishi mumkin. Davlat soliq qo‘mitasi 2022 yil 1 iyundan aksiz solig‘i stavkalarini belgiladi.

Unga ko‘ra, aksiz solig‘i stavkalari o‘rtacha 10% ga indeksatsiya qilinadi:

 

•    1 tonna AI-80 benzini 275 ming so‘m (2021 yil 1 fevraldan beri 240 ming so‘m edi);

•    1 tonna AI-92, AI-93 va AI-95 benzini 275 ming so‘m (o‘zgarmagan);

•    1 tonna dizel yonilg‘isi 264 000 so‘m (24 ming so‘mga qimmatlaydi).

Yakuniy iste’molchiga sotiladigan tovarlarga solinuvchi aksiz solig‘i:

•    benzin – 1 litr uchun 385 so‘m/1 tonna uchun 512 ming so‘m;

•    dizel yonilg‘isi – 1 litr uchun 385 so‘m/1 tonna uchun 468 ming so‘m;

•    suyultirilgan gaz – 1 litr uchun 385 so‘m/1 tonna uchun 730 ming so‘m;

•    siqilgan gaz – 1 kub metr uchun 550 so‘m.

Quyidagi ishlab chiqarilgan tamaki mahsulotlari turlarining 1000 (ming) donasi uchun 203 500 so‘m + 10 % miqdorida belgilanadi:

•    filtrli; 

•    filtrsiz sigaretalar;

•    papiroslar;

•    sigarillalar (sigaritlar);

•    bidi;

•    kretek.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

212

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing