Spirit: Infinity'ning “yuragi” mijozlar uchun allaqachon ochiq

Biznes

image

Golden House ajoyib loyihalaridan biri bo‘lgan Infinity'ning abadiylik timsoli ostidagi eng uzoq kutilgan – “Spirit” uchinchi uyi ham sotuvga qo‘yilganini e’lon qiladi.

Infinity muhtasham imorati haqli ravishda developerning o‘ziga xos yorqin loyihalaridan biri hisoblanadi. Buning sababi bir qator omillarga bog‘liq: noyob konsepsiya, poytaxtning markazidagi qulay joylashuv, boy infratuzilma, obodonlashtirilgan hudud, qurilishning yangi zamonaviy texnologiyalari hamda va yuqori darajadagi qulaylik.

Majmuaning uchinchi uyi “Spirit” – o‘z ichiga jami 120 ta xonadonni qamrab olgan bo‘lib,  bu yerda 47 dan 128 kvadrat metr maydongacha, ya’ni 1 dan  4 xonaligacha bo‘lgan xonadonlar mavjud. O‘z xohish-istagingizdan kelib chiqqan holda maqsadingizga mos turli rejalashtirish yechimlarini tanlashingiz mumkin. 16 qavatdan iborat mazkur inshootning 15 va 16-chi  qavatlari pentxauslardir. O‘ziga xos iliqliq muhitini o‘zida mujassam etgan imorat ruhiy va energetik yuksalishda ideal ekotizimni yaratadi. Unda megapolis salohiyati bilan birgalikda tabiatning barcha unsurlari ham jamlangandir. Zamonaviy va muhtasham inshoot muhiti kishiga ajoyib energiya va xush kayfiyat bag‘ishlaydi.

Endi esa biroz Infinity'dagi xonadonlarning qulayligi va dizayni borasida suhbatlashsak. Kelgusida uyingizga tashrif buyuruvchi mehmonlar binoga kiraverishdagi o‘ziga xos dizayn loyihasidan tortib, mehmonlarni kutish va muzokaralar olib borish uchun tashkil etilgan joylardagi sharoitlardan hayratda qoladilar. Dekorativ yoritish tizimi hududni tabiiy yoritish imkonini bersa, shishadan yasalgan  zamonaviy mualliflik qandili kechqurun va qish mavsumida quyosh yetishmasligini qoplagan holda qulaylik yaratadi. Bir so‘z bilan aytganda xonadoningiz siz va mehmonlaringizga juda manzur bo‘ladi. 

“Spirit” xonadonlari “xayflet” usulida bo‘lib, shift balandligi 3.30, har bir xonadonda esa terasa va balkonlar mavjud. Barcha liftlar ichki individual dizaynga ega holda shovqinsiz va yuqori tezlikda yuradigan qilib o‘rnatiladi. Albatta, yaratilgan bu kabi barcha shart-sharoitlar aholining qulayligi va xavfsizligi uchundir. Majmua ichida savdo markazlari – supermarket, savdo do‘konlari, kinoteatr, kafe va restoranlar, bolalar uchun o‘yingohlar, shuningdek, o‘quv va ko‘ngilochar maskanlari ham bo‘ladi

Qurilishning dastlabki bosqichida ko‘chmas mulkka sarmoya kiritish dunyo tajribasi bo‘yicha eng manfaatlisi hisoblanadi va O‘zbekiston ham bundan mustasno emas. Hozirda majmuaning uchinchi uyidan xonadonni eng maqbul narxlarda xarid qilib olishingiz mumkin. Infinity nafaqat poytaxt markazida joylashgan zamonaviy majmua, balki hududda mavjud savdo markazi, avtomashinalarsiz hovli, noyob dizayn, eko-parkga qadar qurilgan velosiped yo‘li, yashil hududlar va derazalarda aks etuvchi purviqor tog‘lar hamda shaharning ajoyib ko‘rinishi hamdir. Bu lyuks klassiga mansub turmush tarzining tabiat bilan uyg‘unlashuvining o‘ziga xos ko‘rinishidir.

Mijozlar uchun yana bir yoqimli eslatma: Infinity'da ko‘chmas mulk sotib olayotganda, developerdan yana bir xonadonni yutib olish imkoniyatini beruvchi Golden House aksiyasi 15 iyunga qadar davom etadi. Shuningdek, sotuvda yana “Aqua” turar-joy majmuasidan bir nechta xonadon hamda  butunlay yangi “Spirit” savdosi mavjud. Bu qulay zamonaviy majmuada farovon hayotingiz ta’minlash yoki bugun kiritilgan to‘g‘ri sarmoya orqali istiqboldagi muhim daromadingiz kafolati uchun ajoyib imkoniyatdir.

Markaziy savdo ofisi: Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasi, 3-uy.
Mo‘ljal: Orient Finans Bank
Call-markaz: (+998) 78−888−18−88.

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing 

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

7

Reyting

3.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing