“Spartak”ning sobiq futbolchisi 29 yoshida vafot etdi

Sport

image

Rossiyaning “Spartak” klubining sobiq futbolchisi Aleksandr Kozlov vafot etdi. Marhum atigi 29 yoshda edi. Bu haqda “Sport-Ekspress” nashri xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, futbolchining o‘limiga qon tomirlaridagi trombning bexosdan yorilib ketishi sabab bo‘lgan.

Qayd  etilishicha, futbolchining ahvoli Krasnogorsning “Zorkiy” klubi bilan mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotganda mashg‘ulotlardan keyingi massaj paytida og‘irlashgan.

Kozlov Moskvaning bosh jamoasidan tashqari “Tyumen”, “Ximki”, “Tosno”, “Fakel”, Qozog‘istonning “Okjetpes”, Qrimning “Aluston-YUBK” kabi klublarda ham to‘p tepgan.

Ma’lumot uchun,  “Spartak” safida 28 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

434

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing