Sovetni qo‘msagan Pashinyan. U Ozarbayjonga qabul qilib bo‘lmas talab qo‘ydi

Olam

image

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarbayjon bilan chegaralarni delimitatsiya qilish Sovet davridagi xaritalarga muvofiq amalga oshirilishi kerakligini aytdi. Bu haqda u bugun, 14 sentyabr kuni mamlakat parlamentidagi Hukumat soatida gapirgan. 

"Bizning fikrimizcha, Ozarbayjon bilan chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish Sovet xaritalari asosida amalga oshirilishi kerak. Agar Ozarbayjon Armanistonning sovet davridagi chegaralarini tan olmasa, Ozarbayjon Eron bilan chegaralarni tan oladimi yoki yo‘qmi degan savol tug‘iladi. Bu javobni talab qiladigan savollar”, deydi u. 

Ma’lumot o‘rnida, Eronda armanlar ham, ozarlar ham yashaydi va agar arman diasporasi 100 mingga yaqin kishini tashkil etsa, mamlakatda 15 millionga yaqin ozar millatiga mansub Eron fuqarolari bor.  Eronning umumiy aholisi 82 million kishi. Shunday qilib, Eronda ozar millatiga mansub odamlar jami 10,3 millionga yaqin aholi istiqomat qiladigan Ozarbayjonning o‘zidan ham ko‘p. 

Ikkinchi Qorabog‘ urushi natijasida Janubiy Kavkazda ikkita muhim chegara hodisasi yuz berdi. Birinchisi, Eron va Ozarbayjon o‘rtasidagi umumiy chegaraga tegishli. Tog‘li Qorabog‘ janubidagi Jabroil, Fizuli va Zangelon shaharlarining qaytarilishi bilan Eron va Ozarbayjon o‘rtasidagi Araks daryosi bo‘ylab 132 kilometrlik chegara chizig‘i Ozarbayjon nazorati ostida shakllandi. Shunday qilib, Sovet Ittifoqi parchalanganidan o‘ttiz yil o‘tgach, Eronning Ozarbayjon Respublikasi va Naxichevan Muxtor Respublikasi bilan 750 kilometrlik chegarasini shakllantirish tugallandi.

Shu bilan birga, Tog‘li Qorabog‘ning g‘arbi va janubi-g‘arbidagi Zangelon, Gubadli, Lochin va Kalbajarning qaytarilishi bilan Ozarbayjon Respublikasi hukmronligi ostida,  Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi chegaraning bir qismini shakllantirish tugallandi.

Qayd etish joizki, ikkinchi Qorabog‘ urushidan keyin Eron va Ozarbayjon o‘rtasidagi 132 kilometrlik chegarani belgilashda alohida muammolar bo‘lmagan. 

Eron va Ozarbayjon shu yerda joylashgan Xudaferin GESi qurilishining yakuniy bosqichini boshlab yuborgan. Ammo Armaniston va Ozarbayjon Respublikasining yangi chegaralarini belgilash ikki davlat o‘rtasidagi uzoq yillik taranglik va Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha kelishuvda, xususan, Ozarbayjonning Naxichevanga kirishiga oid 9-moddadagi noaniqlik tufayli Baku va Yerevan o‘rtasida ziddiyatlarni keltirib chiqarmoqda. 

Turli sabablarga ko‘ra Ozarbayjon Respublikasi va Armaniston o‘rtasidagi kelishmovchiliklar va chegaradagi taranglik faqat ikki davlat bilan chegaralanib qolmay, Eronga ham ta’sir ko‘rsatmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Nikol Pashinyan Ozarbayjon-Armaniston Qorabog'dagi otishma

Baholaganlar

515

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing