Sopini o‘zidan chiqaramiz
Tahlil
−
03 avgust 2019
7659Bilasizmi, ijtimoiy tarmoqlarda har yili kamida 6 martta mavsumiga qarab eng ko‘p muhokama qo‘yiladigan mavzu bu benzin bilan bog‘liq masala ekan. Albatta, bugun uzog‘imizni yaqin, mushkulimizni oson qiladigan, yukimizni yerda qoldirmaydigan transport masalasida O‘zbekistonda umuman muammo yo‘q. Pulini to‘lasangiz, har qanday yumushingiz bajariladi. Agar naxziga kelishsangiz, albatta. Chunki, yoqilg‘i narxining ko‘tarilishini hamma ham birdek qabul qilolmaydi.
Birinchi navbatda benzin narxni poytaxtdagi qonuniy hamda qonuniy bo‘lmagan taksi haydovchilari darrov yuzingizga soladi. Ukam, avtobus narxini aytyapsiz, Qo‘yliqqacha 12 ming bo‘ladi. Tovba.(tavba demoqchi) Benzin ko‘tarildiku, yaqinda. Yo‘q, ko‘tarmaydi....
Yaqinda rekonstruksiyadan keyin ishga tushgan Toshkent avtovokzaliga yo‘lingiz tushsa, Samarqandmi? Keling, oborib qo‘yaman.
— Qancha?
— 70 ming.
— Tavba. Yaqinda 50 ming ediku.
— Akajon benzinni narxi oshdi-ku.
— A, sizda gazku.
— Endi aka gaz ham oshdi.
Bu kabi holat oldin ham keyin ham kuzatilgan va kuzatiladiyam-da. Chunki, yuqorida aytganimizdek, yiliga kamida 6 martta muhokama bo‘ladigan yoqilg‘i masalasi uzoq yillardan beri dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q.
Oldiniga ko‘chada noqonuniy baklajkada benzin sotilishini yo‘qotish uchun ham narxlar ko‘tarilganidan xabarimiz bor.
Keyin esa neft va gaz ishlab chiqarishda sarf-harajatlarning oshib ketishi degan “bahonada” narxlar ko‘tariladi. Bunga ko‘nikib ketganmiz. Hatto, jamoat transporti avtobus va marshrutkalarda ham chiroyli qilib yozib qo‘yishadi. “V svyazi... (Yoqilg‘i moylash mahsulotlari narxiniing... uchun yo‘l haqi .... so‘m...
Eng qizig‘i, elektr bilan yuradigan metroda ham shu yozuvlarni o‘qiysiz. Metroning bunga nima dahli bor deyishga shoshilmang. Albatta dahli bor-da.
Elektr gaz yordamida ishlab chiqariladi. Gaz o‘z navbatida benzin dizel yoqilg‘isi (bizda xalq solyarka deyishga o‘rgangan) kabi sheriklari ko‘tarilgan joyda ular meni kutishyapti deb, narxini ko‘tarib yuboradi.
Shunga yarasha oylik maoshlar ham ko‘tariladi. Masalan, biz tilga olgan yog‘ilg‘i 20-25 foiz ko‘tarilsa, oylik 10 foizga oshadi. Lekin bundan oldin bozordagi mahsulotlarning ko‘tarilishini yozmadik, bu boshqa mavzuga qarab o‘tlab ketish bo‘ladi.
Gapning indallosini aytganda, hozir bizda avtoulovlar gaz yoqilg‘isiga o‘tishi urf bo‘ldi. Bu ketishda yaqin 5-6 yilning ichida benzinniyam unutib qo‘yishimiz aniq.
Xo‘sh, arzon benzin qayerda bor ekan? Bir qidirib ko‘raylik. Aytishlaricha, bundan bir necha yil muqaddam o‘zbek tomoshabiniga “Morena Klara” serialini taqdim qilgan va ayrim davralarda bitta-ikkitasi O‘zbekistonga mengzashtirilgan Venesuelada benzin ichimlik suvidan ham arzon ekan. 10 sentga 1 litr benzin olish mumkin.
Bu taxminan 880 so‘m degani. Saudiya Arabistonida esa 24 sent, qo‘shni Turkmanistonda 29 sent, Jazoirda 31 sent.
Lekin, shukr qilishni ham o‘rgansak, zarar qilmaydi. 1 litr benzinning narxi Germaniyada 1 yevro, Italiyada 1,5 yevro, Norvegiyada 16-18 kronni tashkil etadi (!!!)
Hozir bizda ikkita neftni qayta ishlash zavodi yarim quvvat bilan ishlayotganini hisobga olsak, mamlakatga neftning ayniqsa, benzinning import hisobiga kirib kelayotganiga amin bo‘lasiz.
Tabiiyki, har qanday eksportyor davlat ham narxni o‘zi belgilaydi. O‘zbekistondagi neft zahiralari esa katta emas. Xullas sopini o‘zidan chiqarib yuraveramiz...
LiveBarchasi