Somalida terrorchi amaldorni o‘ldirish uchun o‘zini portlatib yubordi
Olam
−
16 yanvar 2022
6259Bugun, 16 yanvar kuni Somali poytaxti Mogadishuda terrorchi Prezident Matbuot kotibining uyi joylashgan yo‘lda o‘zini portlatib yurobdi. Uning maqsadi mansabdorning joniga qasd qilish bo‘lgan.
Portlash oqibatida Somali Bosh vazirining sobiq o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri bo‘lgan hozirda Prezident Matbuot kotibi vazifasini bajarayotgan Muhammad Ibrohim Moalimu jiddiy jarohat olib, shifonoxaga yotqizilgan.
Mahalliy matbuotga ko‘ra, Moalimuning uyi hovlisida portlash oqibatida sochilib ketgan inson tana a’zolarini ko‘rish mumkin. Televideniyeda Matbuot kotibining mashinada shifoxonaga olib ketilayotgani ko‘rsatilgan.
Somali Milliy axborot agentligi (SNIA)ga ko‘ra bugun, 16 yanvar kuni kunduzi Mogadishuda mamlakat rahbari Matbuot kotibi Muhammad Ibrohim Moalimuning uyi joylashgan yo‘lda kuchli portlash ovozi eshitilgan.
Hozircha qotillik ortida aynan kim turgani aniqlanmagan, ammo politsiya holat yuzasidan jinoiy ish ochgan va tezkor tergov ishlari olib borilmoqda.
Somalida hukumatni ag‘darish yo‘lida tish-tirnog‘i bilan kurashib kelayotgan “Al-Shabab - Al-Qoida” qo‘poruvchi guruhi ko‘p hollarda mamlakatda uyushtirilgan terrorchilik harakatlarini o‘z bo‘yniga oladi. Hukumat ushbu jinoyatda ham ularning qo‘li bor deya gumon qilmoqda.
Behruz Saidov
LiveBarchasi