Solixon domla qamaldi
3-sahifa
−
01 aprel
95567Ijtimoiy tarmoqlarda Solixon domla nomi bilan tanilgan Solixon Mahkamovich Ortiqxo‘jayev 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudi matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi.
Bildirilishicha, Solixon Ortiqxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilgan, deb topilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning yanvar oyida Solixon domlaning internet tarmoqlaridagi keskin chiqishlari fuqarolar, ayniqsa, Xorazm viloyatida istiqomat qiluvchilarning e’tirozlariga sabab bo‘lgani ortidan u Toshkent viloyati Zangiota tumani “Fath” jome masjidida imom noibi vazifasidan bo‘shatilgandi.
LiveBarchasi