Soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlar qancha pul olgani ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Joriy yil boshidan soliq huquqbuzarliklari haqida 72 mingdan ortiq murojaat yo‘llangan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 72 ming 517 ta murojaat kelib tushgan.

Shundan:

  • 66 ming 016 tasi xarid cheki bermaslik;
  • 3 ming 352 tasi to‘lovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
  • 156 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
  • 2 ming 993 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha.

Murojaatlarning 39 ming 757 tasi takroriy bo‘lganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik sub’ektida tekshiruv davom etayotganligi sababli ko‘rib chiqilmagan.

Murojaatlar asosida 26 ming 400 ta sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilib, 99,1 foiz holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.

Huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 25 ming 870 ta holat bo‘yicha (undirilgan jarima summasidan 20 foiz) 17,2 milliard so‘m mukofot to‘langan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing