Soxta DXX xodimi 10 ming dollar bilan ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Sergeli tumanida o‘zini Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xodimi deb tanishtirib, muammoni hal qilib berish evaziga 30 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 1974 yilda tug‘ilgan fermer xo‘jaligi ishchisi imkonsiz ko‘ringan, muammoli insonlarga o‘zini organ xodimi sifatida tanishtirgan holda, bir nechta fuqarolarni aldab chuv tushirib kelgan.

1985 yilda tug‘ilgan fuqaroning yurituvida bo‘lgan jinoyat ishini ijobiy hal qilib berish maqsadida o‘zini DXX xodimi deb tanishtirib, ish uning foydasiga hal qilib berilishiga va’da bergan. Evaziga esa 30 ming AQSH dollar miqdordagi pullarni talab qilgan.

Kelishilgan kunda Toshkent shahar Sergeli tumanida joylashgan kafelarning birida aytilgan puldan 10 ming AQSH dollarni olgan paytda tezkor tadbir ishtirokchilar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 28 orqali 211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida 22 yoshli yigit Instagram tarmog‘ida bemor bolalarning videolarini montaj qilib, yordamga muhtojlarning ehson pullarini o‘zlashtirib kelgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent DXX tezkor tadbir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing