Soxta hujjat bilan 428 mln so‘m kredit olganlar ushlandi
3-sahifa
−
13:19 1682 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatining Quva tumanida besh kishi soxta hujjatlar asosida bankdan 428,8 mln so‘m kredit olgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Quva tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ushbu holat aniqlangan.
Tekshiruv davomida besh fuqaro o‘zaro til biriktirib, amalda hech qayerda rasman ishlamagan bo‘lsa-da, o‘zlarini Milliy gvardiyaga qarashli harbiy qism xizmatchilari sifatida ko‘rsatgani ma’lum bo‘lgan.
Ular soxta mehnat shartnomalari hamda ish haqi olganliklari to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni tayyorlab, tijorat bankining Quva tuman filialiga taqdim etgan. Shundan so‘ng mazkur hujjatlar asosida jami 428,8 mln so‘m kredit mablag‘ini olgan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumani prokurori yordamchisi fuqarodan 600 mln so‘mlik imtiyozli kredit olib berish va avtomobil oldi-sotdisi masalasini hal qilish evaziga 12 ming dollar talab qilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiPromis Devidni intervyu chog‘ida ari chaqib oldi
27 Sentyabr