Mirziyoyev Bishkekdan Dushanbega yo‘lga chiqdi
Jamiyat
−
14 iyun 2019
4158Bugun, 14 iyun kuni Qirg‘iziston poytaxtida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining o‘n to‘qqizinchi majlisi yakuniga yetdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning beshinchi sammitida ishtirok etish uchun Bishkekdan Dushanbega jo‘nab ketdi.
Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning beshinchi sammiti “Xavfsiz va yanada ravnaq topgan mintaqa sari yagona nazar bilan” mavzusi ostida o‘tadi. Uning ishida kengashga a’zo va kuzatuvchi mamlakatlardan, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlardan 30 dan ziyod delegatsiya ishtirok etishi kutilmoqda.
LiveBarchasi