Sodiq Safoyev Ilyas Umaxanov rahbarligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi
Jamiyat
−
21 may 2019
2891Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi o‘rinbosari Ilyas Umaxanov rahbarligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Tomonlar ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi munosabatlar yangi foydaliroq darajaga ko‘tarilganini ta’kidladi. Ma’lumki, 2018 yil noyabrda O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi Rossiyaga tashrif buyurgan edi. Tashrif doirasida Oliy Majlis Senati va Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi o‘rtasida Hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolangan, shuningdek o‘zaro Hamkorlik bo‘yicha komissiyasi majlisi o‘tkazilgan. Hozirgi vaqtda Senat va Federatsiya Kengashining ikki tomonlama hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Rossiya parlamenti a’zolari xalqaro siyosiy maydonda O‘zbekistonning faolligini alohida qayd etdi, davlatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga O‘zbekiston Prezidentining qo‘shayotgan hissasi uchun samimiy minnatdorlik bildirib, buni yuksak baholadi.