Sochsiz va qoshsiz Matrang muxlislaridan pul so‘radi

Madaniyat-san’at

image

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda “Meduza” xit qo‘shig‘i ijrochisi, Matrang taxallusi bilan tanilgan Alan Xadzaragovning videomurojaati tarqaldi. Videoda qo‘shiqchi o‘z muxlislaridan moddiy yordam so‘ragan va qayerda ekanligini ham ma’lum qilgan. Bu haqda MSK1 nashri xabar berdi.

“Menga yordam bera olasizmi? Men hozirda dahshatli muammolarni boshimdan kechiryapman. Bugun buvim vafot etdi, o‘zimni juda yomon his qilyapman. Men uydan uzoqdaman, deyarli pulim yo‘q. Yaqinlarim ham mendan o‘zini olib qochyapti. Hamma vaziyatdan xabardor, lekin hech kim yordam bera olmaydi, hatto qo‘ng‘iroq ham qilishmaydi”, deydi qo‘shiqchi videoxabarida.

Tasvirlardagi xonandaning yangi qiyofasi Matrang'ning ko‘pchilik muxlislarini hayratlantirdi – uning qoshlari va sochlari batamom qirib tashlanganini ko‘rish mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, qo‘shiqchi uni tanib qolmasliklari uchun shunday qarorga kelgan. Xavotirga tushgan muxlislar Alanning Gazgolderdagi hamkasblaridan yordam so‘ragan. 

Alanning singlisi ham o‘z sahifasida akasining diydiyolariga javob bergan.

“Agar bizni hayotingizga beparvo deb o‘ylasangiz, adashasiz. Biz hammamiz uzoq vaqtdan beri qattiq stressdamiz. Iltimos, menga xabarlarda yoki kommentariyda yozmang, odam bo‘ling”, deya post joylagan u.

Taniqli ashulachi o‘zining qanday qilib bu ahvolga tushib qolgani haqida batafsil ma’lumot bermagan. Lekin o‘tgan yilning qishida uning jinoiy to‘dalarga aralashib qolgani, u ikki noma’lum shaxs tomonidan tutilib, noma’lum tomonga olib ketilgani haqida mish-mishlar bolalagan edi. Bu voqeadan so‘ng Alan mamlakatni tark etib, Tailandga ketgan. Hozirda esa u Qozog‘istonda yashab yuribdi.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Matrang

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar