Sobiq “zamministr” va uning qizi qamaldi

3-sahifa

image

Joriy yilning 5 sentyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirining sobiq o‘rinbosari Alisher To‘rayev, uning qizi Anais To‘rayeva va Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi sobiq hisobchisi Mansur Qo‘zibekovga nisbatan hukm o‘qildi. QALAMPIR.UZ sud hukmi bilan tanishdi.

Hujjatda keltirilishicha, 2021 yil sentyabr oyida Alisher To‘rayevning o‘g‘liga tegishli bo‘lgan De Nova Agro kompaniyasi 1 million dona uzum ko‘chatini yetkazib berish bo‘yicha 9,95 milliard so‘mlik tenderda g‘olib bo‘lgan. Sud qaroriga ko‘ra, amalda bu ko‘chatlar markazga yetkazib berilmagan bo‘lsa-da, mahsulot qabul qilingani haqida bir nechta soxta elektron hisob-fakturalar rasmiylashtirilib, mablag‘lar o‘tkazib berilgan. Alisher To‘rayev o‘z aybiga qisman iqror bo‘lgan. 

Sud sobiq vazir o‘rinbosarini Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (Juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi 2-qismi “a” bandi (Takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan mansab soxtakorligi) bilan aybdor deb topdi va 2 yil muddatga davlat tashkilotida rahbarlik, moddiy va mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum etib, 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Mansur Qo‘zibekov shu kabi moddalar uchun 5 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi. Anais To‘rayeva esa Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va 28-moddani qo‘llagan holda 209-moddasi 2-qismi “a” bandi (mansab soxtakorligida sheriklik) bo‘yicha 5 yilu 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher To'raev Anais To'rae Mansur Qo'zibekov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar