Sobiq vazir Amandurdi Ishanov hibsga olindi
Olam
−
06 Sentabr 2019
48764 sentyabr kuni Turkmaniston Prezidentning farmoni bilan ishdan bo‘shatilgan Savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Amandurdi Ishanov hibsga olingan, deya xabar beradi “Turkmen.news”.
Hozircha tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, tadbirkorlardan biri sobiq amaldorga qarshi ko‘rsatma bergan, tadbirkorga ko‘ra, A. Ishanov Turkmaniston davlat tovar va xom-ashyo birjasining raisi bo‘lib ishlagan kezlari pora olgan.
Manbaning ta’kidlashicha, vazir 4 sentyabr kuni ertalab soat 10 da ishga kelgan va ko‘p o‘tmay qo‘li kishanlangan holda olib ketilgan.
Eslatib o‘tamiz, A. Ishanov vazir lavozimida bir yildan ko‘proq vaqt ishladi. Uning ishdan bo‘shatilishining rasmiy sababi jiddiy ishdagi kamchiliklardir. Ishanovning o‘rniga Gurbanguli Berdimuhamedovning buyrug‘i bilan Savdo-sanoat palatasi raisi bo‘lib ishlagan Orazmurat Gurbannazarov tayinlandi.
LiveBarchasi