Sobiq O‘zbekiston SSR rahbari Rafiq Nishonov vafot etdi
Jamiyat
−
12 yanvar 2023
21012Sobiq O‘zbekiston SSR Kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasining birinchi kotibi Rafiq Nishonov 96 yoshida vafot etdi.
Ma’lumot uchun, Rafiq Nishonov 1926 yil 15 yanvarda Bo‘stonliq tumani G‘azalkent qishlog‘ida tavallud topgan. Toshkent pedagogika institutini tarix mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan. 1956 yilda O‘zbekiston Kompartiyasi Toshkent shahar qo‘mitasi bo‘limlaridan birining mudiri bo‘lgan.
1970 yilda u SSSRning Shri-Lankadagi va bir vaqtning o‘zida Maldiv orollari Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlanib, diplomatik ishga o‘tgan. 1978 yildan SSSRning Iordaniyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi bo‘lgan.
1985 yilda Rafiq Nishonov O‘zbekiston SSR Tashqi ishlar vaziri lavozimini egallagan. 1988 yil 12 yanvardan 1989 yil 23 iyungacha – O‘zbekiston SSR Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining birinchi kotibi bo‘lib faoliyat yuritgan. Shundan so‘ng, u Moskvaga ketgan va u yerda yashagan. 1991 yil sentyabrda SSSR Prezidenti Mixail Gorbachyovga maslahatchi bo‘lgan.
1991 yildan faoliyatini tugatib, nafaqaga chiqqan.
Qayd etish joizki, siyosiy arbob 97 yoshga kirishiga atigi 4 kun qolganida vafot etdi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Nishonovni “Aleksandr Nevskiy” ordeni bilan taqdirlagandi.
LiveBarchasi