Sobiq “Tata” mehmonxonasi oldida uchta mashinani daraxt bosib qoldi
O‘zbekiston
−
13 Mart 2022 9243 1 daqiqa
Kecha, 12 mart kuni Toshkent shahridagi “Le Grand Plaza” (sobiq “Tata”) mehmonxonasi yaqinida katta daraxt qulab tushdi. Bu haqda FVV xabar berdi.
Voqea soat 22:00 lar atrofida sodr bo‘lgan. Voqea joyiga zudlik bilan 1 ta qutqaruv ekipaji yetib borgan.
Daraxt qulashi natijasida 3 ta yengil avtomobil shikastlangan bo‘lib, jabrlangan yoki xalok bo‘lgan fuqarolar yo‘q.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi kuchli shamol va yog‘ingarchilik vaqtida avtotransport vositalarini daraxtlar ostida qoldirmaslikni so‘ragan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarfadgan videolardan daraxt kesilmaganini, o‘zi qulab tushganini ko‘rish mumkin.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr