Sobiq talaba o‘zi o‘qigan institutga rektor bo‘ldi
Jamiyat
−
25 noyabr 2020
18127O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kecha, 24 noyabrdagi qarori bilan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga yangi rektor tayinlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Hukumatning tegishli qaroriga muvofiq Ilhom Sobirov Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori lavozimiga tayinlangan.
Ma’lumot o‘rnida, Ilhom Sobirov 1974 yilda tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 1996 yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini tamomlagan. Texnika fanlari doktori, professor.
U 2020 yildan ushbu institutda faoliyat ko‘rsatib keladi.
LiveBarchasi