Sobiq Sog‘liqni saqlash vaziri yangi lavozimga tayinlandi
Jamiyat
−
13 noyabr 2021 24173 1 daqiqa
Sobiq Sog‘liqni saqlash vaziri O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda federatsiya QALAMPIR.UZ'ga tasdiqladi.
Qayd etilishicha, bugun, 13 noyabrdan boshlab sobiq Sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Xojiboyev O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Avvalroq, Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimidan ozod etilgan Abduhakim Xojiboyev lavozimidan ozod etilgandi. Uning o‘rniga 2020 yil 14 maydan beri Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Behzod Musayev tayinlangandi.
Live
BarchasiSariosiyoda terroristik guruh ushlandi
08 avgust