Sobiq senator RIKIA tibbiyot markazining Namangan filialiga direktor bo‘ldi

Jamiyat

image

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filialiga yangi direktor tayinlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, Cog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan  Solijon Jalilovich Mo‘minov Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali  direktori etib tayinlangan. 

Ma’lumot uchun, tibbiyot fanlari nomzodi Solijon Mo‘minov ko‘p yillar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi Namangan filialida reanimatsiya bo‘limi vrach-kardioreanimatologi, kardiologiya bo‘limi vrach-kardiologi, yurak aritmiyasi  bo‘limi boshlig‘i, muassasa bosh vrachi kabi qator vazifalarda ishlagan. U 2014 yildan beri Namangan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. 
 
Shuningdek, Solijon Mo‘minov 2010-2014, 2015-2019 yillarda  Oliy Majlis Senati a’zosi sifatida ham faoliyat olib borgan.

Umidjon Nozimjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

75

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing