Sobiq “Real” a’zosining yangi klubi aniq bo‘ldi
Sport
−
14 yanvar 2025 4085 1 daqiqa
“Rayo Valekano” Meksikaning “Leon” klubi bilan 33 yoshli kolumbiyalik yarim himoyachi Xames Rodrigesni klubga tekinga o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda ispan klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Futbolchi “Rayo” bilan shartnomasini bekor qildi va erkin agentga aylandi. Endi Xames faoliyatini Meksikada davom ettiradi.
Futbolchi mavsum boshida “Rayo Valekano”ga o‘tgandi. Joriy mavsumda futbolchi ispan klubi safida barcha turnirlarda 7 ta o‘yinda ishtirok etdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirib, jami 205 daqiqa maydonda o‘tkazdi.
Faoliyati davomida Xames “Real Madrid”, “Bavariya” “Everton” va boshqa klublarda o‘ynagan. “Transfermarkt” portalida Xamesning narxi 2,5 million yevro etib belgilangan.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust