Sobiq prokuror Prezident Administratsiyasiga o‘tdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Saidlaziz Saidkarimov Prezident Administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 

Uning o‘rniga esa Prezident Administratsiyasi sho‘’ba mudiri O‘tkir Jumanov Hisob palatasi raisi o‘rinbosari bo‘ldi.

Saidkarimov 2018 yilning fevral oyidan 2020 yilning sentyabriga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 

U 1982 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan.

2002 yil O‘zbekiston Milliy universitetini huquqshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

U 2002-2009 yillarda Sirdaryo viloyati prokuraturasi tizimida turli vazifalarda ishlagan.

2009-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining boshqarma prokurori, katta prokurori, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib borgan.


Maqola muallifi

Teglar

Saidlaziz Saidkarimov

Baholaganlar

602

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar