Sobiq Prezidentning xotini yana kitob yozdi

Olam

image

AQSHning sobiq birinchi xonimi Mishel Obama 2018 yilda o‘zining “Becoming” (Aylanish) nomli memuar kitobi bilan katta muvaffaqiyatga erishgan edi. Dunyo bo‘ylab 17 milliondan ortiq nusxada sotilgan kitobidan ilhomlangan Mishel Obama yana bir kitob yozganini e’lon qildi.

U o‘zining “ The Light We Carry” (Biz olib yurgan nur) nomli yangi kitobi taqdimot sa’nasini e’lon qildi. U joriy yilning 15 noyabr kuni Mishel Obamaning avtobiografiyasini nashr etgan “Penguin Random House” tomonidan chop etiladi. 

Mishel Obama ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida kitob yozishni avvaldan reja qilmaganini, yangi kitobida ko‘plab muammolarni yengib o‘tishda o‘z tajribasini hikoya qilishini ma’lum qilgan.

“Men hayotim davomida kitob yozaman deb o‘ylamagandim. Endi esa ikkinchi kitob taqdimoti haqidagi yangilik bilan bo‘lishmoqdaman. Bu kitobni yozish men uchun fikrlarimni jamlash va shu vaqt ichida ko‘proq iliqlik topishimga yordam berganini tushundim. Umid qilamanki, bu kitob men kabi siz uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu kitob tunu kun bizga tinchlik bermaydigan barcha savollar va muammolarni yengib o‘tishga yordam bergan amaliy hikoyalar to‘plamidir”, deydi Mishel Obama.

Kitob 14 tilda nashr etiladi va AQSHda dastlabki nashri 2 million nusxadan oshadi.

Mishel Obama ijtimoiy tarmoqlarda yangi kitobga bag‘ishlangan sayt manzilini ham yozib qoldirgan. Saytga joylangan xabarda quyidagilar bayon etilgan:

“Mishel Obama o‘quvchilarga o‘zgarishlar, qiyinchilik va kuch haqida bir qator yangi hikoyalar va chuqur mulohazalarni taqdim etadi. Ona, qiz, turmush o‘rtoq, do‘st va birinchi xonim sifatidagi tajribasidan kelib chiqib, o‘zgarishlarga muvaffaqiyatli moslashish, turli to‘siqlarni yengib o‘tish uchun o‘zlashtirgan odatlari va tamoyillari bilan o‘rtoqlashadi. U o‘ziga xos hazil hissi, samimiylik va hamdardlik bilan irq, jins va ko‘rinish bilan bog‘liq muammolarni o‘rganadi”, deyilgan xabarda.

Ma’lumot o‘rnida, Mishel Obama AQSHni 2009-2017 yillarda boshqargan 44-Prezident Borak Obamaning rafiqasi. Ular 1992 yil oila qurgan. Juftlikning Maliya Enn va Natasha (Sasha) ismli qizlari bor.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

123

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing