Sobiq Prezidentning qudasi poraxo‘rlikda ayblanib, qamaldi

Olam

image

Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti Sooronbay Jeenbekovning qudasi, parlamentning sobiq deputati Aliyarbek Abjaliyev hibsga olindi. Bu haqda 24.kg nashri xabar berdi

Qayd etilishicha, sobiq xalq deputati firibgarlikda gumonlanib, qo‘lga olingan.

Ma’lum qilinishicha, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi sobiq deputatning hibsga olingani haqidagi ma’lumotni tasdiqlagan. Biroq tergov sirlari yashirilib, gumonlanuvchining ismi ko‘rsatilmagan.

“Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga fuqaro A.A.ning parlament a’zosi bo‘lgan vaqtida firibgarlik harakati oqibatida 2 million dollar zarar ko‘rgan tadbirkor murojaat qilgan. Mazkur holat yuzasidan Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining “Firibgarlik” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. A.A. hibsga olingan va tegishli tartibda javobgarlikka tortilgan. Sud unga nisbatan tergov jarayoni vaqtida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanladi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

494

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing