Sobiq Prezident vertolyotda noma’lum tomonga olib ketilgani aytildi

Olam

image

Kun bo‘yi o‘g‘li bilan uchrashishga harakat qilgan Gruziyaning sobiq Prezidenti Mixail Saakashvilining onasi Giuli Alasaniya o‘g‘lini vertolyotda noma’lum tomon olib ketishganini aytgandi

RIA Novosti’ning yozishicha, keyinroq Gruziya Adliya vazirligi Mixail Saakashvili sog‘lig‘i yomonlashgani sababli qamoqxona shifoxonasiga olib ketilganini ma’lum qilgan.

Sobiq Prezidentning advokati, Mixail Saakashvilining bunday tarzda vertolyotda olib ketilishini “odam o‘g‘irlash”, deb atagan.

“Ular [qamoqxona ma’murlari] ko‘z o‘ngimda o‘g‘limni o‘g‘irlab, qayergadir olib ketdi. Fakt shuki, ular farzandimni zirhli avtomobilda olib ketishda va vertolyotga solishdi. Lekin o‘g‘limni qayerga olib ketishganini bilmayman, ko‘ramiz...”, deydi Saakashvilining onasi. 

Sobiq Prezidentning shaxsiy shifokori Nikoloz Kipshidzega ko‘ra, shifokorlar Kengashi kamoqxonada ochlik e’lon qilish orqali sog‘lig‘iga putur yetkazgan Saakashvilini tibbiyot muassasasiga olib borish uchun Gruziya Adliya vazirligini ko‘ndirgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning oktyabr oyi boshida o‘z vataniga qaytgan Saakashvili oradan ko‘p o‘tmay hibsga olindi. Gap shundaki, unga nisbatan Gruziyada bir nechta moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Biroq, sobiq Prezident bundan norozi va aynan shu sabab ham ochlik e’lon qilib, o‘zini siyosiy mahbus deb e’lon qilgan. O‘z navbatida, Davlat xavfsizlik xizmati vakili Mixail Saakashvili mamlakatda to‘ntarishni rejalashtirayotganini aytgan.

Biroq ochlik e’lon qilish, o‘z tarafdorlarini qo‘llab-quvvatlashga chaqirish siyosatchiga baribir foyda bermadi. Hukumat uni qamoqda saqlashda davom etdi. Lekin sobiq Prezidentning sog‘lig‘ida muammolar bo‘lishi bilan u harbiy shifoxonaga o‘tkazildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

561

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing