Sobiq Mudofaa vaziri o‘rinbosarining poraxo‘rligi bo‘yicha tergov yakunlandi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi tergovchilari firibgarlik, poraxo‘rlik va mansab vakolatini suiiste’mol qilishda ayblanayotgan Mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari Pavel Popovga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlarini yakunladi. Bu haqda Qo‘mita rasmiy vakili Svetlana Petrenko ma’lum qildi

“Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining Bosh harbiy tergov boshqarmasi Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari Pavel Popovga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlarini yakunladi. U Jinoyat kodeksining 290-moddasi 6-qismi, 159-moddasi 4-qismi, 292-moddasi 2-qismi, 286-moddasi 3-qismi va 222-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan – pora olish, firibgarlik, noqonuniy qurol saqlash, hujjatlarni qalbakilashtirish va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda”, deydi Petrenko. 

Tergov shuni ko‘rsatdiki, 2022-2024 yillarda Popov, shuningdek, Innovatsion rivojlanish bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Vladimir Shesterov va "Patriot" harbiy-vatanparvarlik madaniyat va istirohat bog‘i direktori Vyacheslav Ahmedovlar "Patriot" bog‘ida qurilish ishlarini olib borganligi to‘g‘risida ma’lumot kiritish orqali ko‘p million dollarlik byudjet mablag‘larini o‘zlashtirishga yo‘l qo‘ygan.  

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Popov 2014-2024 yillarda “Bamstroyput” MCHJ bosh direktoridan qurilish ishlari davomida umumiy homiylik uchun umumiy miqdori 45 million rubldan ortiq pora ham olgan. Bundan tashqari, tergov materiallariga ko‘ra, Popov 2020-2024 yillarda “Patriot” harbiy-vatanparvarlik madaniyat va istirohat bog‘i xodimlarini noqonuniy ravishda ishga joylashtirgan va o‘z xizmat vazifalaridan ozod qilgan va bu bilan davlatga 8 million rubldan ortiq miqdorda zarar yetkazgan. 

“Jarima, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan fuqarolik da’vosi va boshqa mol-mulk undirish bo‘yicha jazoni ta’minlash uchun sudlanuvchining 100 million rubldan ortiq mol-mulki xatlandi. Rossiya Tergov qo‘mitasi Bosh harbiy tergov boshqarmasi tergovchisining iltimosiga binoan sud Popovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanladi”, deya qo‘shimcha qildi Petrenko. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, jinoyat ishi doirasida Popovning uyi ko‘zdan kechirilib, u yerda noqonuniy saqlanayotgan o‘qotar qurol va o‘q-dorilar olingan. Guvohlar so‘roq qilingan, yuzma-yuz keltirish va ko‘rsatuvlarni joyida tekshirish o‘tkazilgan. Buyumlar va hujjatlar tekshirilgan, sud-tibbiyot ekspertizasi xulosalari olingan, Popovning aybini to‘liq tasdiqlovchi rad etib bo‘lmaydigan dalillar to‘plangan. 

Ahmedov va Shesterov sudgacha hamkorlik shartnomasi tuzgan. Sud Ahmedovni besh yilga, Shesterovni olti yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari Pavel Popov 2024 yilning avgust oyida firibgarlikda gumon qilinib, hibsga olindi.

Ma’lumot uchun, Pavel Popov 2008 yildan 2013 yilgacha Rossiya FVV boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2013 yilda Mudofaa vazirligiga ishga o‘tdi va Sergey Shoyguning yordamchisi bo‘ldi. 2013 yil 7 noyabrdan 2024 yilning 17 iyuniga qadar Mudofaa vazirining o‘rinbosari lavozimini egallagan. 2020 yildan beri Aleksandr Navalniyning zaharlanishi munosabati bilan unga Yevropa Ittifoqi davlatlari, Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada va boshqa davlatlar sanksiyalari qo‘yilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Pavel Popov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing