Sobiq MXX binosini sotib olishga 3 ta taklif kelib tushdi

Jamiyat 13612
image

Sobiq Milliy xavfsizlik xizmati binosini sotib olish uchun 3 ta taklif kelib tushdi. Bu haqda kecha, 21 may kuni Davaktiv agentligida o‘tkazilgan Davlat tender komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida so‘z bordi

Qayd etilishicha, ommaviy savdolarga chiqarilgan yirik aktivlarning 6 tasi bo‘yicha jami 16 ta taklif kelib tushgan. 

Jumladan, “Malika” savdo majmuasi, “Ichan qal’a” mehmonxonasi va “Qizil suv sport sog‘lomlashtirish” MCHJ bo‘yicha 2 ta, “Poytaxt biznes majmuasi” MCHJ mulkiy majmuasi hamda “Markaziy bino hududi” (sobiq MXX binosi) bo‘yicha 3 ta, Gazetalar ishlab chiqarish majmuasi binosi bo‘yicha 4 ta talabgordan sotib olish bo‘yicha takliflar kelib tushgan.

Yig‘ilishda Komissiya a’zolari va davlat aktivlarini sotib olish bo‘yicha takliflar taqdim etgan tadbirkorlar ishtirok etgan.

Yig‘ilish pandemiya talablaridan kelib chiqqan holda, kela olmagan talabgorlar uchun videokonferens aloqa vositasi orqali ham olib borilgan.

Umidjon Nozimjonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 652
Reyting: 3
t
×