Sobiq futbolchi giyohvand modda savdosida ayblanmoqda  

Sport

image

"Malaga"ning sobiq futbolchisi, Koke nomi bilan tanilgan Serxio Kontreras Pardo Ispaniya politsiyasi tomonidan hibsga olindi Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Sobiq sportchi 19 nafar giyohvand moddalar savdosida ayblanayotganlar bilan hibsga olingan.

Amaliyot davomida huquq-tartibot idoralari xodimlari bir tonna narkotikni musodara qildi.

Ta’kidlash kerakki, futbolchilik faoliyati davomida Koke ko‘plab klublarda (ular orasida - "Marsel", "Sporting Lissabon", "Rayo Valekano") o‘ynagan va 2016 yilda butsasini mixga ilib qo‘ygan.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

Teglar

giyohvand modda savdosi

Baholaganlar

44

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar