Sobiq deputat Qobul Do‘sov qamoqqa olindi
3-sahifa
−
25 yanvar
25381Kecha, 24 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jamoat faoli Qobul Do‘sovni Samarqand viloyatida hibsga oldi. Bu haqda inson huquqlari faoli, "Ezgulik" jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov Facebook ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Tashanovga Do‘sov bilan birgalikda olib ketilgan va keyinchalik qo‘yib yuborilgan sherigi qo‘ng‘iroq qilgan.
“Menga Qobul bilan birga vazirlikka olib kelingan, so‘ng qo‘yib yuborilgan sherigi qo‘ng‘iroq qildi. Rasmiylar uning probatsiya qoidalarini buzganligini aytib, shartli qamoqni haqiqiysiga almashtiribdi”, deb yozadi Tashanov.
Holat yuzasidan hozirgacha rasmiy munosabat berilmadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 22 noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida sobiq deputat Qobul Do‘sovga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilingandi. Sud hukmiga muvofiq Do‘sov jabrlanuvchi (Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari) Farhod Boqiyevga nisbatan Jinoyat kodeksining 140-moddasi (haqorat qilish) 3-qismi "a" bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 1 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangandi.
LiveBarchasi